/ UZEX AI

UZEXAI

Birja bitimlari reyestri bo'yicha aniq javob beradigan sun'iy intellekt yordamchisi

UZEX AI
Rol
Full-stack dasturchi
Mijoz
Tricorp Agency
Holat
Ishga tushirilgan

01 / Loyiha haqida

UZEX AI — birja bitimlari reyestri bo'yicha aniq javoblar beradigan AI-chat platformasi. Foydalanuvchi o'zbek yoki rus tilida savol beradi, tizim esa bitimlar ma'lumotlari asosida sotuvchilar, tovarlar, aylanma va narxlar bo'yicha tayyor javob qaytaradi. Interfeys jonli bozor ko'rsatkichlari (mis, bug'doy, paxta, shakar, Brent nefti) bilan boyitilgan.

02 / Mening hissam

  • ✦Chat interfeysini noldan loyihalash va ishlab chiqish: yangi chat, qidiruv va chatlar tarixi.
  • ✦Savollarni birja bitimlari ma'lumotlari bilan bog'lab, aniq javob qaytaradigan AI oqimini yaratish.
  • ✦Jonli bozor narxlari lentasini qo'shish.
  • ✦O'zbek va rus tillarini, ovozli kiritishni va tayyor takliflarni qo'llab-quvvatlash.

03 / Xususiyatlar

Tabiiy tilda savol

"Eng katta 3 ta sotuvchi kim?" kabi savollarga STIR raqami bilan javob.

Jonli bozor lentasi

Mis, bug'doy, paxta, shakar va Brent nefti narxlari o'zgarishi bilan.

Ikki til va ovoz

O'zbekcha va ruscha interfeys, mikrofon orqali kiritish.

Ro'yxatdan o'tishsiz

Chatlar faqat foydalanuvchi brauzerida saqlanadi.

04 / Texnologiyalar

Mahsulot

AI chatLive market data

Joylashtirish

Render